UZ RU

Yoshlar kuni oldidan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Husniddin 29-07-2019, 11:16 21 Yoshlar ittifoqi / Tadbirlar

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlarga oid davlat siyosati Shayxontohur tuman misolida: tahlil va ustuvor vazifalar” mavzusida tadbiri tashkil etildi

Tadbirda Shayxontohur tuman hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shayxontohur tuman mahalliy Kengashi raisi, Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, Shayxontohur tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman xalq ta’limi boshqarmasi hamda tumandagi maktab, kasb-hunar kollejlar va oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari bo‘yicha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirok etdi.

Tadbir Shayxontohur tuman miqyosida o‘tgan davr mobaynida Yoshlarga oid davlat siyosatini samrali ijrosini ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi hamda kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, Shayxontohur tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan o‘tgan  yillar davomida tumanda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘liq tanqidiy tahliliy ko‘rib chiqildi hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan bir qator vazifalar belgilab olindi.  Bundan tashqari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shayxontohur tuman mahalliy Kengashi raisi va uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Shayxontohur tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri, “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasining tuman filiali direktori, hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Bojxona institutidagi boshlang‘ich tashkilot etakchisining tizimda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlari tinlanib yakunida faoliyat ijobiy baholandi. 

Tadbir so‘ngida, Yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shayxontohur tuman mahalliy Kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi jonkuyarligi va tashabbuskorligi uchun bir guruh yoshlar etakchilariga tashakkurnomalar topshirildi.

Yangiliklar

Murabbiylik kengashi

DBQ markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarihamda hududiy bojxona boshqarmalari bilan Bojxona

16.07.19 Murrabiylar kengashi
DBQning Bojxona instituti kengashi to‘g‘risida

DBQning Bojxona instituti kengashi to‘g‘risidagi Nizom DBQning 2018 yil 1 dekabrdagi 671-son

16.07.19 Institut kengashi
Ma’naviyat va yoshlar tarbiyasi markazi

Ma’naviyat va yoshlar tarbiyasi markazi Bojxona institutining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib,

16.07.19 MYTM
Yoshlar ittifoqining institutidagi boshlang’ich tashkiloti

Yoshlar ittifoqining tashkil etilishi: O’zbekiston yoshlar ittifoqi “Kamolot” YIHning 2017- yil 30-

16.07.19 Yoshlar ittifoqi
O'ZBEKISTON BOJXONA AXBOROTNOMASI

Jurnalning birinchi soni “26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari

15.07.19 Ilmiy jurnal / AXBOROTNOMA

Bojxona instituti 2019
Chiqish