UZ RU

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT GERBI

Husniddin 18-07-2019, 10:46 15 UZ / Gerb

"O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so'l tomonida bug'doy boshoqlari, o'ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug' ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O'zbekiston” deb yozib qo'yilgan.


Yangiliklar

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG'I

"O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O'zbekiston

29.07.19 Bayroq
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

"O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda

29.07.19 Madhiya
Maxsus-huquqiy fanlar kafedrasi

Kafedra Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti “Bojxona ishi” fakulteti tarkibida bo‘lib,

16.07.19 MHFK
Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi

Kafedra haqida: Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi Bojxona institutining tarkibiy qismi

16.07.19 HJTK
O‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodga

Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar o‘zlarining doimiy ro‘yxatda turgan joyi

15.07.19 Hujjatlar to'plami

Bojxona instituti 2019
Chiqish