2022 yil 13-15 sentabr kunlari “Elektron ta’limni joriy etish” mavzusida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish BOMCA-10 dasturi doirasida seminar o‘tkazildi 


2022-09-26

Tadbirda Latviya Respublikasi Davlat chegara nazorati xizmati Kolleji xodimlari M.Spridzans, Ya.Pavlovichs, BOMCA dasturining O‘zbekistondagi milliy koordinatori Z.Sibagatulina,respublika..



Batafsil

Bojxona institutida 2022 yil birinchi yarim yilligida xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot


2022-08-24

2022 yil yanvar-may oylarida xorijiy hamkorlar bilan quyidagi tadbirlar o‘tkazildi: seminarlar 6 ta (2021 yilda 3ta), onlayn darslar 12 ta (6ta), videkonferensiyalar 3 ta (1), BIga tashrif 4 tani (2ta) tashkil etdi, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik memorandum imzolandi 1 ta (Dubay universiteti) (2ta), PIKARD eksperti sifatida jalb etish 1 ta (0), JBT ekspertlari uchun 2ta texnik topshiriq ishlab chiqildi, 25 ming AQSh dollarlik grant jalb etildi va 88 ming AQSh dollarlik grant kutilmoqda (0). YeI BOMKA dasturiga raqamli laboratoriya xonasini yaratish, tipografiya uchun uskunalar, infokiosk va aktovy zal uchun ekran so‘ralgan.

2022 yil 5 fevral kuni tasdiqlangan Davlat bojxona qo‘mitasining “2022-2023-yillarda Jahon bojxona tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”dagi (R-7-22-003) vazifalarni amalga oshirish maqsadida Bojxona instituti tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan JBT bilan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

“Yo‘l xaritasi”ning 10-bandi bo‘yicha: Maxsus o‘quv dasturlarini taqdim etish bo‘yicha bojxona sohasida yetakchi bo‘lgan xorijiy oliy o‘quv yurtlaridan biri bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish vazifasi berilgan. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Jahon bojxona tashkilotiga DBQning 21.01.2022y.dagi 7-18411/22-son xati yuborilib, unda JBT Kotibiyatidan yetakchi o‘quv dargohlari va JBT tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim yo‘nalishidagi mutaxassislar ro‘yxatini yuborish so‘ralgan.

Kadrlar salohiyatini oshirish, amaliyot va o‘quv mashg‘ulotlari orqali xodimlar bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish maqsadida 2022-2023 yillar davomida DBQ xodimlarini bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va yetkazib berish zanjirlarini jadallashtirish sohasida ilmiy faoliyatga jalb etish maqsadida 2022-2023 yillar davomida bitiruv malakaviy ishlar mavzulari tarkibiga ushbu mavzular kiritildi.

Shuningdek, BI Xalqaro aloqalar xizmati xodimlari JBTning Inson salohiyatini oshirish departamenti murojaati asosida, Shanxay bojxona kollejining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaxassisligini JBTning PIKARD standartlariga muvofiq xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mustaqil ekspert sifatida jalb etildi va tegishli xulosalarni taqdim etdi.

JBTning “CLIKC” elektron resurslari platformasiga bojxona xodimlarini a’zo bo‘lishi, undagi ma’lumotlardan xizmat davomida foydalanishi uchun DBQ Kadrlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu platformaga a’zo bo‘lishga yordam ko‘rsatildi. Jumladan, mart oyida 196 nafar yangi xodimlar ro‘yxatga olinib, jami a’zo bojxona xodimlari soni 1116 tani tashkil etdi.



Batafsil