Bojxona institutining 20 yilligiga ilmiy-pedagogik jamoa uchun yana bir ajoyib sovgʻa qabul qililb olindi.


2023-05-17

Bojxona instituti uchun navbatdagi yaxshi xabar, Qayta tayyorlash va malaka oshirish katta oʻqituvchisi Nazarov Abdusalom Ortiqovichga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan falsafa doktori ilmiy darajasi berilganligi guvohnomasi...



Batafsil

Bojxona institutining ilmiy salohiyati toʻgʻrisida maʼlumot
 


2023-04-18

2023-yil 30-mart kuniga qadar Bojxona instituti professor-oʻqituvchilari tarkibida 32 nafar ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega xodimlar boʻlib, ular ilmiy salohiyatni 54 %ini tashkil etishgan. Maʼlumot uchun: professor-oʻqituvchilar jami 69 ta shtatdan...



Batafsil

BOJXONA INSTITUTIDA JASORATLI XODIMLAR IKKITAGA KOʻPAYDI.


2023-04-18

 Ilm yoʻlini tanlash kishidan ulkan jasorat va irodani talab etadi. Chunki bir marta yashash imkoniyati berilgan umrni fanning sir-asrorlarini ochish, xalq, Vatan, umuman, insoniyat uchun manfaatli qirralarini kashf qilishga bagʻishlash insonning matonatidan...



Batafsil

Ilmiy-tadqiqot ishlari (monografiya, ilmiy maqola, tezis, tahliliy ma'lumotnoma).


2022-08-25

2020-yilda institut professor-oqituvchilari va xodimlari tomonidan reja asosida hamda rejadan tashqari jami 8 ta monografiya, 188 ta ilmiy maqola (shundan, xalqaro miqyosda 70 ta shundan, 13 tasi Scopus Base,
28 tasi yuqori impakt faktorga ega jurnallarda), 159 ta tezis (shundan xalqaro miqyosida 54 ta) chop etildi.
Chop etilgan ilmiy maqolalarning 77 tasi (shundan, xalqaro miqyosda 33 ta shundan,  11 tasi Scopus Base, 12 tasi yuqori impakt faktorga ega jurnallarda) bevosita bojxona ishi bilan bog'liq.



Batafsil

Ilmiy salohiyat (2021-2022 yillar)


2022-08-25

Institutda 25 nafar ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega xodimlar mavjud (6 nafar fan doktori, 18 nafar fan nomzodi, shulardan 2 nafari professor, 14 nafari dotsent). Shuningdek, 24 nafar professor-o'qituvchilar falsafa doktori (PhD), fan doktorligi (DSc) bo‘yicha va 15 nafar tinglovchilar magistrlik dissertatsiyasi ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
2021 yil davomida bir qator institut professor-o‘qituvchilari tomonidan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlari yakunlandi va muvaffaqiyatli himoya qilindi. Xususan, 2021 yil 4-chorakda “Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Muratova “Sanoat tarmoqlari mahsulotlarining iqtisodiy-ekologik xavfsizligini ta’minlash uslubiyatini takomillashtirish” mavzusida doktorlik disertatsiya ishini (DSc) himoya qildi. Shuningdek, 2-chorakda “Axborot texnologiyalari va matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Xamraev “Avtotransport vositalarini tovarlar nomenklaturasi asosida avtomatlashtirilgan modelini yaratish” mavzusida, 3-chorakda “Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Abulkasimov “Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy jihatlari va yo‘llari”  mavzusida hamda 4-chorakda “O‘quv-uslubiy bo‘lim” bosh inspektori A.Achilov “Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlarini oldini olish va javobgarlik masalalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini (PhD) himoya qildilar. 



Batafsil

Ilmiy salohiyat


2022-08-25

Institutda 26 nafar ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega xodimlar mavjud (6 nafar fan doktori, shulardan 3 nafari professor, 18 nafar fan nomzodi, 15 nafari dotsent). Shuningdek, 24 nafar professor-o'qituvchilar falsafa doktori (PhD), fan doktorligi (DSc) bo'yicha va 15 nafar tinglovchilar magistrlik dissertatsiyasi ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

2020-yil davomida institutning bir qator o'qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlandi va muvaffaqiyatli himoya qilindi. Xususan, 2020-yil 3-chorakda “Umumhuquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, yu.f.n., O.Utegenov “Ekologiya sohasida jamoatchilik nazoratini huquqiy ta'minlashni takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiya ishini (DSc) himoya qildi. Shuningdek, 4-chorakda “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o'qituvchisi M.Karimjonova “Bojxona xodimlari mehnatini hisobga olish va ularga haq to'lash hisobini takomillashtirish” mavzusida, O'quv-uslubiy va tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi katta inspektori M.Rafikova “Bo'lajak bojxona xizmati organi xodimlarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida huquqiy madaniyatni takomillashtirish metodikasi”  mavzusida hamda “O'zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o'qituvchisi S.Shirmatov “Etnik madaniy aloqalar faollashuvi sharoitida talabalarning muloqot madaniyatini rivojlantirish mazmuni (ingliz tili misolida)” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarini (PhD) himoya qildilar.



Batafsil