UZ RU

Bojxona instituti tibbiy xizmati

Husniddin 27-07-2019, 10:49 19 UZ / TUZILMA / Bo'limlar / TX

        Tibbiy xizmatning asosiy vazifalari

Bojxona instituti xodimlari, kursantlari va tinglovchilarining salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, sifatli, madaniyatli, qulay va yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va ijrosini tashkil qilish;

Kursantlarni O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi tizimidagi va tizimdan tashqaridagi boshqa tibbiy muassasalarida, ilmiy – amaliy tibbiyot markazlarida o‘rnatilgan tartibda tekshirtirish, davolash, tibbiy reabilitatsiya qilish va salomatligini qayta tiklash hamda sog‘lomlashtirishni tashkil qilish va ta’minlash;

Kursantlarga zarur hollarda tez tibbiy yordam yoki rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilishini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi tizimida yoki tizimdan tashqari boshqa tibbiyot muassasalarida tashkil etilishini ta’minlash;

Kursant va tinglovchilarning sog‘lig‘i o‘qish va xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini hal qilish maqsadida ularni O‘zbekiston Respublikasi IIV Markaziy harbiy tibbiy komissiyasiga olib borish;

Tibbiyot fani va texnikasining ilg‘or tajribalarini o‘rganib borish, kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy uslublarini amaliyotga tadbiq qilish hamda keng qo‘llashni ta’minlash;

Institut xodimlari va kursantlari orasida birinchi tibbiy yordam, yuqumli kasalliklardan himoyalanish, oldini olish va bartaraf etish yuzasidan, shaxsiy gigiena va boshqa yo‘nalishlarda ma’ruza va suhbatlar tashkil qilish;

Institutni o‘z vaqtida dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanishini tashkillashtirish va institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

Kursantlarni har yili reja asosida profilaktik dispanserizatsiya ko‘rigidan  o‘tkazish;

Bojxona institutiga qabul qilinadigan abiturientlarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda amaliy yordam berish;

Institut hududida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va bartaraf qilish hamda kursantlarning o‘quv va maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning olib borilishini tashkil etish.

Tibbiy xizmat amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Yangiliklar

DBQning Bojxona instituti kengashi to‘g‘risida

DBQning Bojxona instituti kengashi to‘g‘risidagi Nizom DBQning 2018 yil 1 dekabrdagi 671-son

16.07.19 Institut kengashi
Bojxona ishi fakulteti

Bojxona ishi fakulteti DBQning 2018 yil 1 dekabrdagi 671-son buyrug‘iga asosan “DBQning Bojxona

16.07.19 BIF
O‘quv – uslubiy va tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi

Bo‘lim Davlat bojxona qo‘misitasi Bojxona institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib,

16.07.19 O'UTFMM
Bojxona instituti

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti Hozirda xalqaro iqtisodiy

15.07.19 Umumiy ma'lumot

Bojxona instituti 2019
Chiqish