UZ RU

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MODELLASHTIRISH MARKAZI

Husniddin 29-07-2019, 11:01 12 UZ / TUZILMA / Fakultet va markazlar / ATMM

Markazning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

Institut o’quv jarayoni faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan dasturiy ta’minot va axborot tizimlarni ishlab chiqish, tatbiq etish va ularni rivojlantirish bo’yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish;

Institutning axborotlashtirish ob’ektlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish;

DBQning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi bilan hamkorlikda o’qitish uchun zarur bojxona nazoratining texnik vositalari, ixtisoslashtirilgan trenajer-imitatsion va dasturiy komplekslar nomenklaturasini, extiyoj me’yorlarini ishlab chiqish va muvofiklashtirish;

Institut faoliyatiga oid dasturiy ta’minot va yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganadi va amaliyotga tatbiq etish choralarini ko’rish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot texnik vositalarini bojxona instituti ish faoliyatiga tatbiq etish, ulardan samarali foydalanishni tartibga soluvchi idoraviy normativ xujjatlarni tayyorlash;

axborot tizimlari, axborot tizimlarining xavfsizligi, axborot texnik vositalari va ulardan samarali foydalanish bo’yicha o’quv tadbirlar o’tkazilishini tashkillashtirish hamda ushbu yo’nalishdagi tadbirlar va o’quv seminarlarida ishtirok etish;

Institut faoliyati uchun zarur bo’lgan  zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy  ta’minotlar,  kompyuter va telekommunikatsiya bilan ta’minlash yuzasidan texnik topshiriqlar ishlab chiqish va belgilangan tartibda harid qilish bo’yicha mas’ul tarkibiy tuzilmalarga taqdim etish;

Institutda telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalaridan foydalanishni texnik jixatdan tashkil etish; 

DBQ va Institut faoliyatiga oid normativ-huquqiy xujjatlarni yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;

Institutda mavjud axborot texnik vositalari, telekommunikatsiya va xisoblash texnikalariga texnik hizmat ko’rsatish hamda ularning texnik jixatdan soz holda ishlashi ustidan nazorat o’rnatish, shuningdek nosoz holga kelgan hollarda ularni ta’mirlash ishlarini olib borish;

Institutda mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va axborot texnik vositalarining xisobini yuritish;

Markaz normativ-huquqiy xamda idoraviy xujjatlarda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Yangiliklar

Bojxona instituti tibbiy xizmati

Tibbiy xizmatning asosiy vazifalari Bojxona instituti xodimlari, kursantlari va tinglovchilarining

27.07.19 TX
DBQning Bojxona instituti kengashi to‘g‘risida

DBQning Bojxona instituti kengashi to‘g‘risidagi Nizom DBQning 2018 yil 1 dekabrdagi 671-son

16.07.19 Institut kengashi
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona institutining

16.07.19 QTMOF
Bojxona instituti

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti Hozirda xalqaro iqtisodiy

15.07.19 Umumiy ma'lumot
Axborot – resurs markazi xaqida ma’lumot

Axborot – resurs markazi bojxona institutida 2003 yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. ARM

15.07.19 ARM

Bojxona instituti 2019
Chiqish