UZ RU

Umumhuquqiy fanlar kafedrasi

Husniddin 22-07-2019, 17:50 19 UZ / TUZILMA / Kafedralar / UFK

“Umumhuquqiy fanlar” kafedrasi Bojxona instituti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 02 noyabrdagi PQ-3995 sonli O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori bilan tashkil etilgan. 

Umumhuquqiy fanlar kafedrasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti “Bojxona ishi” fakulteti tarkibida bo‘lib, Davlat ta’lim standartlarining “Bojxona ishi”  va “Yurisprudensiya”(iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) mutaxassisliklari o‘quv rejalarida belgilangan kafedra yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, kursantlar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, bojxona organlari sohaviy mutaxassislarini tayyorlovchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

Kafedra o‘z xizmat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi me’yoriy hujjatlari, Davlat bojxona qo‘mitasi va Institutning me’yoriy hujjatlari, Institut Ustavi, shuningdek kafedra Nizomi asosida tashkil etadi va olib boradi.

Kafedra tuzilmasi va unga o‘zgartirishlar kiritish Institut taklifi asosida DBQ Raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Kafedra quyidagshahodatlangan lavozim shtat birliklaridan iborat:

  • kafedra boshlig‘i;
  • kafedra professori;
  • kafedra dotsenti;
  • kafedra katta o‘qituvchisi;
  • kafedra katta o‘qituvchisi;
  • kafedra o‘qituvchisi.

Kafedrani yuridik fanlar nomzodi, bojxona hizmati leytenanti D.Sattarov boshqarib kelmoqda.

Kafedrada quyidagi fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib boriladi:

Bakalavr yo‘nalishida: 1. Konstitutsiyaviy huquq; 2. Davlat va huquq nazariyasi;  3. Fuqarolik huquqi va protsessi; 4.Iqtisodiy protsessual huquqi;  5. Ma’muriy huquq va ma’muriy javobgarlik; 6. Jinoyat protsessual huquqi; 7. Fuqarolik huquqi; 8.  Fuqarolik protsessi; 9. Jinoyat huquqi; 10. Xalqaro huquq; 11. Sud va HMQO ; 12. Tadbirkorlik (biznes) huquqi. 

Magistratura yo‘nalishida: 1.Ma’muriy protseduralar; 2, Davlat va huquqni rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari; 3.Moliya huquqi. 

Kafedraning professor-o‘qituvchilari respublikamiz va xorijda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etadilar. O‘z ilmiy-pedogogik faoliyati davomida hozirgi vaqtga qadar kafedra xodimlari tomonidan 120 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. 

Kafedra qoshida iqtidorli kursantlar bilan ishlash maqsadida «Adolat» to‘garagi tuzilib, uning a’zolari bilan muntazam ravishda qonunchilikka oid dolzarb masalalar yuzasidan suhbatlar va munozaralar o‘tkaziladi. Eng iqtidorli kursantlar izlanishlari natijasida  ilmiy maqola, yoki tezislar tayyorlaydilar va ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlari, jurnallar va markaziy nashrlarda chop etadilar. SHuningdek, kafedra xodimlari tomonidan institutning iqtidorli kursantlarini Respublika fan olimpiadalariga huquqshunoslik fanlar bo‘yicha  tayyorlab borish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Murabbiylik asosida kursantlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari F.Qarshiboev, O.Utegenov va H.Isroilovlarga murabbiylik guruhlari biriktirilgan bo‘lib, ularda mashg‘ulotlar olib boriladi. Kursantlarning dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy mavzularda suhbatlar tashkillashtiriladi, Hukumatimiz va DBQning me’yoriy hujjatlari o‘rganiladi, shuningdek respublikamiz va xorijda sodir bo‘layotgan jarayonlar muhokama qilinadi. 

Yangiliklar

Maxsus-huquqiy fanlar kafedrasi

Kafedra Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti “Bojxona ishi” fakulteti tarkibida bo‘lib,

16.07.19 MHFK
DBQning Bojxona instituti kengashi to‘g‘risida

DBQning Bojxona instituti kengashi to‘g‘risidagi Nizom DBQning 2018 yil 1 dekabrdagi 671-son

16.07.19 Institut kengashi
Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari kafedrasi

Kafedra haqida: Mazkur kafedra Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 22 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi

16.07.19 BTSBTK
Bojxona instituti

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti Hozirda xalqaro iqtisodiy

15.07.19 Umumiy ma'lumot
Iqtisodiy fanlar kafedrasi

«Iqtisodiy fanlar» kafedrasi Bojxona instituti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

15.07.19 IFK

Bojxona instituti 2019
Chiqish