Bojxona ishi fakulteti


2022-08-24

Bojxona ishi fakulteti institut bilan tengdosh - u 2003 yilda tashkil etilgan. Bugungi kungacha fakultet «bojxona uchun kadrlar tayyorlash maskani» sifatida  mamlakatimiz bojxona tizimiga minglab  yuqori malakali bojxona sohasiga yetuk mutaxassislarni tayyorlab berdi. 
Fakultet o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, Institut Ustaviga amal qiladi.
    Hozirgi paytda fakultetda 60410300 – Bojxona ishi,  60420100– Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash)  yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat; 70410301 – Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha), 70420107 –  Soliq va bojxona huquqi bo‘yicha magistratura ta’limi berilmoqda va oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
    Hozirda fakultetda 6 nafar fan doktori, professor, 35 nafar fan nomzodi, dotsentlar faoliyat olib bormoqdalar. 10 nafar professor-o‘qituvchi davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlangan.
    Fakultetdagi 9 ta kafedrada ishlayotgan 65 nafar professor-o‘qituvchilar bojxona ishining muhim yo‘nalishlarida samarali tadqiqotlar olib borishmoqda.
    Fakultet tarkibida ixtisoslashtirilgan va umumta’lim kafedralari faoliyat yuritadi.



Batafsil