AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MODELLASHTIRISH MARKAZI
Axborot texnologiyalari va modellashtirish markazi Bojxona instituti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 02 noyabrdagi PQ-3995 sonli O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori bilan tashkil etilgan.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Institut o’quv jarayoni faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan dasturiy ta’minot va axborot tizimlarni tatbiq etish va ularni rivojlantirish bo’yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish;
Institutning axborotlashtirish ob’ektlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish;
DBQning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi bilan hamkorlikda o’qitish uchun zarur bojxona nazoratining texnik vositalari, ixtisoslashtirilgan trenajer-imitatsion va dasturiy komplekslar nomenklaturasini, extiyoj me’yorlarini ishlab chiqish va muvofiklashtirish;
Institut faoliyatiga oid dasturiy ta’minot va yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganadi va amaliyotga tatbiq etish choralarini ko’rish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot texnik vositalarini bojxona instituti ish faoliyatiga tatbiq etish, ulardan samarali foydalanishni tartibga soluvchi idoraviy normativ xujjatlarni tayyorlash;
axborot tizimlari, axborot tizimlarining xavfsizligi, axborot texnik vositalari va ulardan samarali foydalanish bo’yicha o’quv tadbirlar o’tkazilishini tashkillashtirish hamda ushbu yo’nalishdagi tadbirlar va o’quv seminarlarida ishtirok etish;
Institut faoliyati uchun zarur bo’lgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotlar, kompyuter va telekommunikatsiya bilan ta’minlash yuzasidan texnik topshiriqlar ishlab chiqish va belgilangan tartibda harid qilish bo’yicha mas’ul tarkibiy tuzilmalarga taqdim etish;
Institutda telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalaridan foydalanishni texnik jixatdan tashkil etish;
DBQ va Institut faoliyatiga oid normativ-huquqiy xujjatlarni yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;
Institutda mavjud axborot texnik vositalari, telekommunikatsiya va xisoblash texnikalariga texnik hizmat ko’rsatish hamda ularning texnik jixatdan soz holda ishlashi ustidan nazorat o’rnatish, shuningdek nosoz holga kelgan hollarda ularni ta’mirlash ishlarini olib borish;
Institutda mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va axborot texnik vositalarining xisobini yuritish;
Markaz normativ-huquqiy xamda idoraviy xujjatlarda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.