Bojxona instituti Axborot-resurs markazi


2022-08-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi “O‘zbkeiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3995-son qarori bilan “Bojxona instituti Axborot-resurs markazi” etib qayta tashkil etildi.

Axborot-resurs markazi institutning tarkibiy tuzilmasi xisoblanib, institute shaxsiy tarkibi va tinglovchilariga zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ravishda bilim olishiga ko‘maklashuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq xisoblanadi.

Axborot-resurs markazi o‘z xizmat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutitsiyasi, “Kadrlarni tayyorlash dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, farmoyishlari, Davlat Bojxona qo‘mitasi va Bojxona institute ichki–idoraviy, xuquqiy xujjatlari, shuningdek Axborot-resurs markazi Nizomi talablari asosida tashkil etadi va olib boradi. Axborot-resurs markazi o‘quv zali va kompyuter xonalariga ega. Kompyuter xonalari Internet tarmog‘iga ulangan bshlib, zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlangan, Wi-Fi o‘rnatilgan zonalar mavjud. Xozirgi vaqtda Axborot-resurs markazi fondida 3890 nomdagi 35406 dona adabiyot va darsliklar mavjud. Adabiyotladan keng foydalanish, tinlovchi kursantlar xamda institute pedagogic xodilariga qulaylik yaratish maqsadida barcha adabiyotlar electron shakli yaratilmoqda. Xozirgi kunda Axborot-resurs markazi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan samarali xamkorlik qilib kelmoqda.