“Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” kafedrasi


2023-04-19

“Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” kafedrasi Bojxona instituti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 02 noyabrdagi PQ-3995 sonli O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori bilan tashkil etilgan. 

Kafedra haqida:
Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi Bojxona institutining tarkibiy qismi hisoblanadi. Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining HS, FVI va JT bo‘limi, O‘zbekiston Respublika Milliy gvardiyasi harbiy-texnika instituti, O‘zbekiston Respublika Favqulotda vaziyatlar vazirligi Fuqаrolar muhofazasi instituti, O‘zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va sport Universiteti bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. 
 

O‘tiladigan fanlar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi  Bojxona  institutida  “Harbiy tayyorgarlik” fani kursantlarni kuchli bilim saviyaga ega, jismonan baquvvat ofitserlar bo‘lib etishishida katta rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona tizimida xizmat o‘tash uchun harbiy sohadagi bilimlarni egallagan, jangovor vazifalarni yuqori saviyada bajara oladigan, har qanday sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilishda yetarli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

“Harbiy tayyorgarlik” fani o‘z ichiga:
 taktik tayyorgarlik;
 o‘q otish tayyorgarligi;
 ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilish;
saf tayyorgarligi;

 

 

harbiy topografiya, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining normativ - huquqiy hujjatlariga oid mavzular majmuidan iborat.

     Kursantlarga “Harbiy tayyorgarlik” fanidan nazariy va amaliy bilimlarni berish bilan bir qatorda, ularni kelajakda zamonaviy qurol-aslahalardan to‘la foydalana oladigan qilib tayyorlash, umumharbiy jang sir-asrorlarini o‘rgatish bilan birgalikda Vatanga sevgi, muhabbat va o‘z qurol-aslahalariga ishonch tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida bilim beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi bojxonachilari vatanparvar va o‘z Vatanining himoyachilaridir, ular o‘z bobolarining va ulug‘ sarkardalarining jangovor an’analariga rioya qilgan holda o‘zlarining kasbiy tayyorgarliklariga ko‘ra har doim zamonaviy talablar darajasida bo‘lishlari, doimo sergak turishlari, yuksak jangovor  tayyorgarlik va jangovor qobiliyatga ega bo‘lishlari lozim. 
Yuqori darajadagi onglilik, harbiy va bojxonachi qasamyodiga va burchga sodiqlik, a’lo darajadagi jangovor ta’lim, yuksak ma’naviy- ruhiy va jismoniy tayyorgarlik, mustahkam harbiy intizom  va buyruqlarning qat’iy bajarilishi, jangovor birdamlikni tarbiyalashda «Harbiy tayyorgarlik» fanining ahamiyati katta.
 “Jismoniy va jangovor tayyorgarlik” faning maqsadi bojxona instituti kursantlarini jismonan baquvvat, chiniqqan harbiy xizmatchilar bo‘lib etishishlariga, hamda ularning jangovor tayyorgarligi darajasini oshirishni ta’minlashga, shuningdek o‘quv va tarbiyaviy vazifalarni echishga qaratilgan. “Jismoniy va jangovor tayyorgarlik” fani o‘z ichiga: Jismoniy tayyorgarlik nazariyasi, Valeologiya faning asosiy tushunchalari, Qo‘l jangi, Gimnastika elemenlari, Chidamlilikga qaratilgan jismoniy mashg‘ulotlar, To‘siqlardan o‘tish va tezlanish harakat mashg‘ulotlari, Sport o‘yinlari, Suzish va bir qator kompleks mashg‘ulotlarga oid mavzular majmuidan iborat.

 

 

Iqtidorli kursantlar darajasini oshirish maqsadida “Qo‘l jangi”, “Futbol”, “Stol tennis”, “Voleybol”, “Basketbol”  bo‘yicha sport to‘garaklarga qatnashib turli musobaqalarda ishtirok etib o‘zlarining malakalarni oshirib boradilar. O‘quv sport bazada yopiq sport zali (qo‘l jangi, gimnastika, voleybol, basketbol, futzal), 2 ta barcha jixozlar bilan taminlangan trenajyor zali, ochiq voleybol, basketbol mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan sport kompleksi, ochik tennis ko’rti, suv havzasi (basseyn), futbol stadion, yugurish maydoni va maxsus to‘siqlar maydoni mavjud.