Umumhuquqiy fanlar kafedrasi |
Matematika va gunanitar fanlar kafedrasi |
O`zbek va xorijiy tillar kafedrasi |
Xarbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi |
Iqtisodiy fanlar kafedrasi |
Bojxona nazorati kafedrasi |
Bojxonani tartibga solish va bojxona to`lovlari kafedrasi |
Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi |
Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash kafedrasi |
Maxsus fanlar kafedrasi |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona institutining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3995-son qarori bilan qayta tashkil etilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlardan bakalavriat 5230500 – “Bojxona ishi” va 5240100 – “Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash)” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.
Magistraturada 5A230501 – “Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” va 5A240109 – “Soliq va bojxona huquqi” ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Amaliy ingliz tili” fanidan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.
Kafedra professor-o'qituvchilari o‘z faoliyati davomida “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta”minlash)” yo‘nalishlari bo‘yicha 20 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanmalar va terminologik lug‘atlarni tayyorladilar hamda nashr ettirdilar.
Kafedrada ingliz va rus tillari to‘garaklari mavjud bo‘lib, ularda kursantlar tillarni chuqur o‘rganadilar, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qiydilar.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati
Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibiga 7 nafar yuqori malakali o‘qituvchilar kiradi. Shulardan 2 nafar o‘qituvchi fan nomzodi ilmiy darajasiga va dotsent ilmiy unvoniga ega. O‘qituvchilar tarkibi bojxona xizmatida ko‘p yillik tajribaga ega yuqori malakali kadrlardir.
Kafedra iqtisodiy va huquqiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek va chet tillarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada filologiya doktori (DSc) (Abduazizova D.A.) va pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) (Dilshodbekov T.D., Axmedova N.YA.) ilmiy darajalariga dissertatsiyalar tayyorlanmoqda.
Kafedra faoliyatida hamkorlik
Kafedra quyidagi oliy o‘quv yurtlari bilan samarali hamkorlik qiladi:
1. O'zbekiston Milliy universiteti
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
3. Toshkent davlat yuridik universiteti
4. O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
5. Toshkent davlat pedagogika universiteti
6. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Kafedra o‘qituvchilari har yili respublikada va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan pedagogika, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi va filologiya bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalar va seminarlarda qatnashib kelmoqdalar, shuningdek kursant va tinglovchilarni xalqaro talabalar konferentsiyalariga tayyorlash bo‘yicha ish olib boradilar.
Kafedrada bir qator ilmiy seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazilib, unda respublikaning turli xil oliy o‘quv yurtlari olimlari va tadqiqotchilari, xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va boshqa oliy ta’lim muassasalari olimlari, tadqiqotchilari qatnashadilar.
Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar kafedra professor-o‘qituvchilarining murabbiylik faoliyati hamda kursantlar bilan individual va guruh bilan suhbatlar shaklida olib boriladi, shuningdek kursantlarining ma’naviy saviyasini oshirish maqsadida ular bilan Toshkent shahri bo‘ylab madaniy-ma’rifiy ekskursiyalar tashkil etiladi.
Kafedra tomonidan kursantlar o‘rtasida tillarni o‘rganishga oid ma‘rifiy tadbirlar doimiy ravishda o‘kaziladi.