Bojxona nazorati kafedrasi


2022-11-14

“Bojxona nazorati” kafedrasi Bojxona instituti tarkibida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi PQ-3995 sonli O'zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarori bilan tashkil etilgan. 

«Bojxona nazorati» kafedrasi Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona institutining «Bojxona ishi» fakulteti qoshida faoliyat yuritib, «Bojxona ishi» va «Bojxona huquqi» yo'nalishlari bo'yicha Davlat ta'lim standartlari asosida o'quv, o'quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda, kafedra tomonidan kursant va tinglovchilar orasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar ham olib boriladi.

Kafedrada kafedra boshlig'i v.b., i.f.d., dotsent, bojxona xizmati kapitani Sh.U.Azizov, kafedra katta o'qituvchisi – bojxona xizmati podpolkovnigi U.Ibraximov, kafedra katta o'qituvchisi – bojxona xizmati mayori B.Saparov, kafedra o'qituvchisi – bojxona xizmati mayori I.Toraxodjaeva va o'qituvchisi bojxona xizmati kapitani Q.Ergashevlar faoliyat yuritadi. 

Kafedrada «Bojxona ishi» va «Yurisprudentsiya» (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash) mutaxassisliklari bo'yicha quyidagi iqtisodiy yo'nalishga oid fanlar o'qitiladi:

1. Bojxona nazorati 

2. Xavfni boshqarish tizimi

3. Bojxona nazoratining texnik vositalari

4. Eksport nazorati

5. Bojxona ishida xalqaro standartlar

6. Bojxona ma'murchiligi

7. Bojxona auditi

8. Bojxona ishiga kirish

Kafedra o'qituvchilari tomonidan kafedrada o'qitiladigan fanlardan o'quv va o'quv-uslubiy qo'llanmalari ishlab chiqilmoqda. Professor-o'qituvchilar tomonidan 4 ta o'quv qo'llanma, 9 ta o'quv-uslubiy qo'llanma, 1 ta uslubiy qo'llanma va 1ta monografiya tayyorlangan va chop etilgan. Jumladan, kafedra fanlaridan «Bojxona nazoratining texnik vositalari», «Bojxona organlarida nazoratning texnik vositalaridan foydalanish» va «Analiz rentgenovskogo izobrajeniya dosmotrovoy rentgenovskoy texniki» nomli o'quv-uslubiy qo'llanmalar,