Umumhuquqiy fanlar kafedrasi |
Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi |
O`zbek va xorijiy tillar kafedrasi |
Xarbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi |
Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar kafedrasi |
Bojxona nazorati kafedrasi |
Bojxonani tartibga solish va bojxona to`lovlari kafedrasi |
Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi |
Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash kafedrasi |
Maxsus fanlar kafedrasi |
“BOJXONA TARTIBGA SOLINISHI VA BOJXONA TO’LOVLARI” KAFEDRASI
“Bojxona tartibga solinishi va bojxona to’lovlari” kafedrasi 2018-yilda qayta tashkil etilgan.
“Bojxona tartibga solinishi va bojxona to’lovlari” kafedrasi mutaxassislik fanlar kafedrasi hisoblanadi.
Kafedraning asosiy vazifalari yuqori malakali bojxonachi kadrlarni tayyorlash jarayonida institut kursantlarida bojxona chegarasi orqali olib o’tilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona qiymatini belgilash va to’lovlarini hisoblash, bojxona statistikasini yuritish hamda tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Kafedrada 7 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 3 nafari fan nomzodi ilmiy darajaga va dotsent unvoniga ega, 4 nafari bojxona xizmatida ko’p yillik tajribaga ega yuqori malakali xodimlar.
Kafedra quyidagi oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo’lga qo’ygan:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Bank va moliya akademiyasi;
Toshkent moliya instituti;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
Soliq qo’mitasining Fiskal instituti.
2. KAFEDRANING TA’LIM FAOLIYATI
Kafedrada quyidagi fanlar o’qitiladi:
«Bojxona ishi» - bakalavriat ta’lim yo’nalishida:
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish asoslari;
Bojxona to’lovlari;
Bojxona qiymati;
Bojxona statistikasi va tizimli tahlil.
“Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash)”- bakalavriat ta’lim yo’nalishida:
Bojxona qiymati va to’lovlari;
Bojxona statistikasi va tizimli tahlil.
«Bojxona ishi (faoliyat turi bo’yicha)» - magistratura ta’lim yo’nalishida:
Bojxona xizmatining fiskal faoliyati;
Tashqi savdo monitoringi.
«Soliq va bojxona huquqi» - magistratura ta’lim yo’nalishida:
Bojxona xizmatining fiskal faoliyati.
3. ILMIY ISHLAR
Kafedraning umumiy ilmiy faoliyat mavzusi: «Bojxona xizmati tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni takomillashtirish».
Kafedrada kursantlar uchun «Yosh bojxonachi» to’garagi faoliyat olib boradi:
- to’garak rahbari - kafedra o‘qituvchisi O.Sarmanov;
- to’garak tashkillashtiruvchisi - kafedra o‘qituvchisi M.Sirochev.
4. O’QUV JARAYONIDAN LAVHALAR
5. AMALIYOT JARAYONIDAN LAVHALAR