Yoshlar ittifoqining institutidagi boshlang’ich tashkiloti


2020-01-15

Yoshlar ittifoqining tashkil etilishi: O’zbekiston yoshlar ittifoqi “Kamolot” YIHning 2017- yil 30- iyun kunidagi IV qurultoyi qaroriga asosan tashkil etilgan. 

Yoshlar ittifoqining institutidagi boshlang’ich tashkiloti tashkil etilishi: O’zbekiston yoshlar ittifoqining Bojxona institutidagi boshlang’ich tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-sonli Qarori asosida 2018- yil 11-yanvar kuni Yoshlar ittifoqining institutidagi 1-sonli ta’sis yig’ilishida tashkil etilgan hamda ittifoqning Shayxontohur tuman Kengashi tomonidan ro’yxatga olinib, KTM 014/191/014-sonli guvohnoma berilgan.

Ittifoqning asosiy maqsadi: 

Yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O’zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishga ko’maklashishdan iborat.

Ittifoqning asosiy vazifalari: 

- barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o’zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o’rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo’lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;

- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g’urur va o’zlikni anglash, ro’y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini shakllantirish;

- yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo’lgan intilishini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;

- iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ular o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

- yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb qilish;

- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg’unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko’maklashish va boshqalar.