MUZEY TARIX KO‘ZGUSI

2021-05-20

 Muzeylar – tarix ko‘zgusi. Xalq o‘tmishi, urf-odat va an'analari, turmush tarzini ifoda etuvchi neki bo‘lsa, shu yerda jamlanadi. Xalqning ma'naviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning o‘rni beqiyos. Shu bois har yili 18 may – Xalqaro muzeylar kuni sifatida butun dunyoda keng nishonlanadi. Bu kunda muzeylar faoliyatiga keng e'tibor qaratilib, madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

 

1977 yildan buyon dunyoda an'anaviy tarzda 18 may “Xalqaro muzeylar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bu haqda “Xalqaro muzeylar maslahati” (International Council of Museums, ICOM) tashkilotining 1977 yildagi yig‘ilishida qaror qabul qilingan. Har yili ushbu bayram muzeylar faoliyatiga bag‘ishlangan o‘zining ma'lum bir mavzusiga ega bo‘ladi.

“18 may – Xalqaro muzeylar kuni”  munosabati bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekistonda ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi “O‘zarxiv” agentligi hamkorlikda “Xotira sahifalari” mavzusida noyob arxiv fotolarining fotoko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Mazkur tadbirda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida kursantlari ishtirok etib, fotoko‘rgazmalar bilan tanishib, muzey bo‘ylab ekskursiya takil etildi.

Ko‘rgazma chog‘ida millatlararo bag‘rikenglik totuvlik va do‘stona munosabatlarni yuksaltirish va davlat arxivlari bilan ilmiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, o‘zbek xalqinining qadimiy tarixi, boy  madaniyati, milliy va an'naviy qadriyatlarini keng targ‘ibetishga qaratilgan fotolar yig‘ilganlarda o‘zgacha ta'surot ulashdi.

Tadbirda  davomida kursantlani  yoshlarni muzeylarga qiziqtirish va ularni barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida muzeylarning o‘rni mavzusida ochiq muloqot ham tashkil etildi.