“Sogʻinch daftari” sheʼriy toʻplami nashr etildi

2021-07-01

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbusining toʻrtinchi tashabbusi “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish” yoʻnalishi boʻyicha Bojxona instituti kursantlari oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etish, ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilmoqda.

Bugun Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida taxsil olayotgan kursantlar taʼlim jarayonida bojxona sohasi boʻyicha puxta bilim va koʻnikmaga ega boʻlish bilan bir qatorda, ijodiy sohada qalam tebratadigan kursantlar talaygina.

Anashunday ijodkor kursantlardan biri Kenjayev Umarali hisoblanadi. Ijodga ixlosmand U.Kenjayev sheʼrlarida insonparvarlik, vatanparvarlik, ezgulikka yoʻgʻrilgan gʻoyalar qalqib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligining 30 yilligi hamda “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan U.Kenjaevning “Sogʻinch daftari” nomli ilk sheʼriy toʻplami nashr etildi.

 

Ozbekiston

Kozimga totiyo qongir tuproging,

Tilloga alishmam hatto yantoging,

Alpomishni eslatar har tosh-u toging,

Bobolardan me’ros bu bog’u bo’ston,

Sarhadlaring asragaymiz ey Ozbekiston.

 

Temurbeklar otda yurdi, yurt qilay deb,

El qornin toq, rizq-rozini but qilay deb,

Jonin tikdi ayozini hut qilay deb,

Har ogloning bolsin Temurdek qahramon, 

Sarhadlaring asragaymiz ey O’zbekiston.

 

Yurtfurushlar chayon kabi saylab nishini ,

Vatanin sotmoq axir  mardlar ishimi?

Birodarkushlik-ku, kor qilmishini,

Biz bormiz gam chekma yurtim hech qachon,

Sarhadlaring asragaymiz ey Ozbekiston.

 

Ozga yurtda diydoringga zor qanchasi,

Hovuchgina tuprogingga zor qanchasi,

Bir bor korib olsam degan bor qanchasi,

Gam chekadi Furqatlari dilda armon,

Sarhadlaring asragaymiz ey Ozbekiston.