YOSHLAR-YАNGI O‘ZBEKISTON  BUNYDKORI

2021-07-01

         O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 25 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 30 iyun'-O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni etib belgilangan.

“Yoshlar kuni”ning mamlakatimizda keng nishonlanishi o‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalovchi, ularni yuksak marralarga chorlovchi beqiyos rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

 

         Shu munosabat bilan, bojxona institutida “YOSHLAR-YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORI” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

          Tadbirda Bojxona institut boshlig‘i V.Ergashev so‘zga chiqib, bugun mamlakatimizda yoshlar kelajagiga berilayotgan e'tibor, yoshlarning kelajak hayotlari uchun o‘qish va o‘z iqtidorlarini namoyish etishdagi imkoniyatlari, ularga yaratilgan sharoitlar,  institut miqyosida ular erishayotgan natijalar haqida gapirib, ularni “Yoshlar kuni” bayrami bilan tabrikladi. Uchrashuv so‘ngida institutda a'lo baholari bilan alohida yutuqlarga erishgan bir qator kursantlarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlari taqdim etildi. Bayram munosabati bilan tayyorlangan konsert davomida Vatanni, yoshlikni, ilmni ulug‘lagan qo‘shiqlar kuylandi.