“Bojxona kecha va bugun” mavzusida mehnat faxriylari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
“26 yanvar– O?zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati xodimlari kuni” hamda Milliy bojxona tizimining 30 yilligi bayrami munosabati bilan, milliy bojxona tizimining tarixi, uning shonli yo?li, mamlakat mustaqilligini mustahkamlashdagi fidokorona tarixiy xizmat faoliyatini bo?lajak bojxonachilarga yetkazish, ularda kasbga muhabbat, Vatanga sadoqat ruhini kuchaytirish orqali milliy bojxona tizimi taraqqiyotiga xizmat qiladigan, xalqaro talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash Bojxona instituti oldidagi ustuvor vazifa hisoblanadi.
Bundayin sharafli vazifani munosib ado etishda xalqimizga xos bo?lgan ezgu fazilatlar gultoji bo?lmish, keksa avlodning boy hayotiy yo?li, tajribalaridan bahramand etish muhim o?rin tutadi.
Anashunday ezgu maqsadda joriy yilning 13-dekabr kuni Bojxona institutida O?zbekiston bojxona xizmati Faxriylar uyushmasi bilan hamkorlikda “Bojxona kecha va bugun” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda uyushma raisi Kudriddiniov Dehqonboy Kudriddinovich ishtirok etib, o?z ma?ruzasida Davlat bojxona organlari faoliyatini tashkil etilishi, xizmat jarayonidagi mashaqqatlar, bugungi kunda bojxona organlari xodimlariga yaratilayotgan keng ko?lamli imkoniyatlar to?g?risida to?xtalib, har bir yetishib chiqadigan kursantlar halollik va to?g?rilik bilan sidqi dildan xizmat qilishi lozimligini ta?kidladilar.
Tadbir ochiq muloqot shaklida samimiy muloqot asosida bo?lib o?tdi.