Bojxona instituti kursantlari armrestling
 turnirida munosib ishtirok etdi

2021-12-15

O?zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma?naviyatini yuksaltirish va ularning bo?sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo?yicha beshta muhim tashabbusi hamda yoshlar o?rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish maqsadida O?zbekiston armrestling federatsiyasi va Oliy va o?rta maxsus ta?lim vazirligi hamkorligida oliy ta?lim muassasalari o?rtasida Toshkent davlat yuridik universiteti sport majmuasida joriy yilning 11-dekabr kuni “Armrestling bo?yicha talabalar o?rtasidagi Toshkent shahar chempionati” bo?lib o?tdi. Turnirda Bojxona instituti terma jamoasi ham faol ishtirok etdi.

 


Mazkur musobaqada 90 kg vazn toifasida Bojxona instituti kursanti Qodirov Asilbek faxrli 3-o?rinni, shuningdek 90 kgdan yuqori vazn toifasida Bojxona instituti kurs boshlig?i o?rinbosari Abdullayev Shaxzodbek ham faxrli 3-o?rinni egalladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar chempionatida oliy ta?lim muassasalari o?rtasida Bojxona instituti terma jamoasi a?lo darajada qatnashib, jamoaviy hisobda faxrli 3-o?rinni qo?lga kiritdi.