“Giyohvand moddalar va psixotrop vositalarning noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish choralari va xalqaro tajribani qo‘llash masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya
2021 yil 15 dekabr kuni 15:00da “Giyohvand moddalar va psixotrop vositalarning noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish choralari va xalqaro tajribani qo‘llash masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, seminar davomida bugungi kunda giyohvand moddalar va psixotrop vositalarning noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish choralari va xalqaro tajribani qo‘llash masalalari muhokama qilindi.