“Mard, jasur va sadoqatli vatanparvarlarni tarbiyalash – maktabdan boshlanadi!” mavzusida ochiq eshiklar kuni tadbir tashkil etildi

2021-12-23

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va “26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” hamda Milliy bojxona tizimining  30 yillik bayramini  nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligi doirasida “Mard, jasur va sadoqatli vatanparvarlarni tarbiyalash – maktabdan boshlanadi!” mavzusida ochiq eshiklar kuni tadbir tashkil etildi

Vatan – muqaddas. Uning himoyasi esa sharafli burchdir. Hurlik, tinchlik va osudalik inson hayotidagi eng buyuk ne’mat. Chunki bu ne’matlar yurtni obod etib dunyoga tanitishga, millatni yuzaga chiqarishga zamin yaratadi. Buning zamirida esa kechayu kunduz Vatan himoyasida – elimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi uchun qalqon bo‘lib turgan olov qalb o‘g‘lonlarimizning zaxmatli xizmati mujassam.

  


Har bir davlat o‘z mustaqilligini, erkinligi qo‘lga kiritar ekan eng avvalo Davlat suverenitetini, xalq tinchligini, mustaqillik bardavomligini ta’minlovchi eng asosiy omillardan biri bu Milliy armiyasiga ega bo‘lish, o‘z Qurolli Kuchlarini barpo etishga alohida e’tibor qaratadi.
Ayni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq milliy armiyamizga asos solindi.  1992 yil 14 yanvarda yurtimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o‘tkazildi. 
Mana, 30 yildirki, ana shu tarixiy kun Qurolli Kuchlarimiz poydevori qo‘yilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinmoqda. 

  


Darhaqiqat, Vatan himoyachisi deganda xalqimiz ko‘z o‘ngida, eng avvalo, tug‘ilgan yurti, millati va xalqini jondan sevuvchi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tinchlik va barqarorlikni saqlashdek oliyjanob maqsad yo‘lida har qanday jasoratga tayyor mard va botir yigit va qizlar namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda, uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda Davlat bojxona organlarining xizmati va o‘rni beqiyos sanaladi.
Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekicton Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 84 va 254-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Bojxona instituti markaziy binosi majlislar zalida  kutib olinadi va Institut faoliyati, o‘quv jarayonini tashkil etish, mutaxassislik yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib, o‘qotar qurollarni tuzilishi va jangovar imkoniyatlari, tankka va piyodalarga qarshi minalar xususiyatlari, o‘qotar qurollarning qismlarga ajratish mashqlari, kursantlar tomonidan ko‘rgazmali qo‘l jangi va karabinchilar chiqishlari hamda   Bojxona instituti faoliyati aks etgan film namoyish etildi.