Bojxona institutida “Milliy oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2021-12-25


Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.
Barchamizga ma’lumki, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga o‘tish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Muhtaram yurtboshimizning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonlarini qabul qilinishi ham oliy ta’lim tizimida istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator ustuvor vazifalarni bajarishni zarurat qilib qo‘ymoqda.
oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;

 

 


o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish kabi vazifalar har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Shu nuqtai-nazardan bugun Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida “Milliy oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy davra suhbati tashkil etildi. 
Tadbirni tashkil etishdan maqsad, yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, tajribalar bilan o‘rtoqlashish hamda respublika oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida ta’lim dasturlarini jahonda tan olingan xalqaro standartlar talablariga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 


Bugungi tadbirimizda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Mudofaa vazirligining Qurolli kuchlar Akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va boshqa hamkor tashkilotlarning mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar