YoSh BOJXONAChILAR “ZAKOVAT”DA  KUCh SINAShDI

2021-12-29

Bojxona instituti kursantlari va yosh xodimlarning bilim olishga bo‘lgan intilishni oshirish, yoshlarda intellektual fikrlash xususiyatlarini yanada rag‘batlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etilib kelinmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va “26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati xodimlari kuni” hamda Milliy bojxona tizimining 30 yilligi bayrami munosabati bilan, Bojxona institutida zukko va zehnli kursantlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 2010 yildan buyon Bojxona institutida muntazam tashkil etib kelinayotgan mazkur tanlov kursantlarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tafakkur, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqalari uchta kurs doirasida tashkillashtirilganligi o‘z navbatida har bir kursantning o‘z salohiyatini namoyon etish uchun imkoniyat yaratib berdi. Bu safar ham odatdagidek uchta jamoa final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi. Final bosqichi O‘zbekiston Respublikasi “Zakovat” intellektual klubining yetakchisi Umidjon Valiev tomonidan olib borildi. Har bir jamoa o‘n bir raund davomida savollarga javob berishdi. To‘g‘ri javoblar bir ball, noto‘g‘ri javoblar esa nol ball bilan hisoblanib borildi. O‘n bir raund natijasiga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan jamoalardan qo‘shimcha savollar yordamida g‘oliblar aniqlandi. O‘yin natijasiga ko‘ra, jamoalar Bojxona instituti “Zakovat” klubi ko‘chma kubogi, turli darajadagi diplomlar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoa a’zolari orasidan “Eng yaxshi bilimdon”, “Eng yaxshi jamoa sardori” nominatsiyasi bo‘yicha bilimdonlar ham munosib taqdirlandi.