“Mening armiyam – mening faxrim” ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandi

2022-01-13

Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mening armiyam – mening faxrim” mavzusida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professional va havaskor rassomlar, faxriylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, kursantlar, o‘quvchi yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ijodiy ishlar vatanparvarlik, Vatanga qasamyodga sodiqlik, Qurolli Kuchlar salohiyatini va harbiy xizmat hamda harbiy burchni tasvirlash kabi mazmuniy yo‘nalishlar bo‘yicha taniqli rassom va ijodkorlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, talaba va o‘quvchi yoshlar orasida o‘tkazildi.
  

 

 Tanlov professional va havaskorlar o‘rtasida rangtasvir va grafika yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Unda 140 nafar muallifning 200 ga yaqin ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi. Tadbirda Bojxona institutining 2-kurs kursanti Xakimjonova Nozima Bayotxon qizi tomonidan rang-tasvir yo'nalishida chizilgan san'at asari? Hakamlar hay'ati qaroriga ko'ra yuqori baholandi.
G?oliblarga pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi.