Ta'zim qiling ona Vatanga
Har bir davlat o'z mustaqilligini, erkinligini qo'lga kiritar ekan eng avvalo Davlat suverenitetini, xalq tinchligini, mustaqillik bardavomligini ta'minlovchi eng asosiy omillardan biri bu Milliy armiyasiga ega bo'lish, o'z Qurolli Kuchlarini barpo etishga alohida e'tibor qaratadi. Ayni shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq milliy armiyamizga asos solindi. 1992-yil 14-yanvarda yurtimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O'zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o'tkazildi.
Mana, 30 yildirki, ana shu tarixiy kun Qurolli Kuchlarimiz poydevori qo'yilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinmoqda.
Joriy yilning 10-yanvar kuni O?zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo?mitasining Bojxona institutida Respublika Ma'naviyat va ma?rifat markazi bilan hamkorlikda O?zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Ta'zim qiling ona Vatanga” mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi mas'ul xodimlari, shoirlar, Qurolli Kuchlar faxriylari, san'atkorlar, Bojxona instituti professor-o'qituvchilari, kursantlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so'z olganlar 30 yildirki, ana shu tarixiy kun Qurolli Kuchlarimiz poydevori qo'yilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinayotganligini ta?kidlab, mustaqillik yillarida har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz xalqimiz, mamlakatimizning ishonchli va mustahkam qalqoniga aylandi.
O?zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qudratini harbiy kadrlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi bilan bir qatorda, harbiy xizmatchining qalbida urayotgan Vataniy his tuyg?ularning yuqoriligi, xizmat burchiga fidoyiligi bilan bog?lanadi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur ta?kidlaganidek “Davlat – lashkarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoiyligila qudratlidir”.
Dar haqiqat qalbida o'z xalqiga sadoqati kuchli, xizmat burchiga fidokorona yondashadigan harbiy xizmatchi, mamlakat daxlsizligini ta'minlay oladigan qudratli kuchga aylana oladi.
Bugun o'sib kelayotgan kelajakda harbiy bo'lib, Vataniga xizmat qilishni o'z taqdiri deb biladigan botir farzandlarimizni milliy ruhda, muqaddas Vatan taqdiri uchun mas'uliyat tuyg'usida tarbiyalashimiz har-bir oilaning asosiy maqsadi bo'lmog'i lozim.
Tadbir davomida san'atkorlar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar, Bojxona instituti kursantlarining she'riy, harbiy ko'rgazmali chiqishlari havola etildi.