Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining  581 yilligi munosabati bilan “Har ne istarsen, o‘zingdin istagil”  mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir  

2022-02-22

Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida tadqiq etishga e’tibor kuchaydi, ajdodlarimiz tomonidan uzoq o‘tmishda yaratilgan madaniy-ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish dolzarb masalalar qatoriga qo‘yildi. Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklandi. Dunyo tamaddunida biz faxr bilan tilga oladigan har ikkala sharq renecsansi ajdodlarimiz nomi bilan bog‘lanadi. Ilm-fan, adabiyot, madaniyat, san’atni gullab yashnagan davri bu shubhasiz  Temuriylar davri, chin ma’noda Temuriylar davri renescansi deyishga to‘la haqlimiz.
Anashu davrning atoqli va dunyo tamadduniga katta hissa qo‘shgan allomalaridan biri buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hisoblanadi.
Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi. So‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Anashunday ezgu niyatda joriy yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va Bojxona instituti hamkorligida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Har ne istarsen, o‘zingdin istagil”  mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi rahbariyati, ijodkorlari, Bojxona instituti ofitser va kursantlari ishtirok etdi.

  


    Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan Bojxona instituti kursantlariga 40 turdagi 300 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek Davlat bojxona organlari xodimlari va kursantlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etishdagi hamkoligi uchun bir qator yozuvchi va ijodkorlar Davlat bojxona qo‘mitasining 30 yilligi munosabati bilan “Ko‘krak nishoni” va “Esdalik qo‘l soat”lari bilan taqdirlandilar.
    Tadbir davomida Navoiyshunos ijodkorlar tomonidan Navoiyning g‘azallari va unda ko‘tarilgan insonparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalarini talqini to‘g‘risida so‘z borib, Bojxona instituti kursantlarining g‘azalxonlik chiqishlari havola etildi.