Ardoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning  tavallud topgan kun munosabati bilan “MUHABBAT VA SADOQAT TIMSOLI” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2022-03-01

Mamlakatimizda bugun aholi va ayniqsa yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda ularda kitobxonlik muhitini shakllantirish, milliy ma’naviyatimiz, adabiyotimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shgan adib va yozuvchilarimizning pok xotirasini abadiylashtirish maqsadida yurtboshimiz tashabbusi bilan shahrimizda o‘zbek adabiyotimiz, milliy madaniyatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shgan adiblar xotirasini abadiylashtirish maqsadida Adiblar xiyoboni tashkil etildi. Mana shunday ko‘rkam Adiblar xiyobonining yaxlit me’moriy majmuasi yaratildi.  Ushbu mo‘jaz maskanga ardoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning  nomini abadiylashtirish uchun o‘rnatilgan monument o‘zgacha ko‘rk va go‘zallik bag‘ishlab turibdi. Bahorning ilk kuni taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun mamlakatimiz bo‘ylab keng ma’noda nishonlanishi ijodkor va ziyo axlida an’anaga aylangan ezgu fazilatlardan biridir. Anashunday ezgu niyyatda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti tashabbusi bilan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkolikda Adiblar xiyobonida Ardoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning  tavallud topgan kun munosabati bilan “MUHABBAT VA SADOQAT TIMSOLI” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

  

  Tadbirda Respublia Ma’naviya va ma’rifat markazi targ‘ibotchilari, shoir va ijodkorlar, madaniyat xodimlari, Bojxona instituti ofitser va kursantlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar taniqli va iqtidorli O‘zbek shoirasi, oddiy inson, sadoqt va vafo timsoli bo‘lmish Zulfiya isroilova hayoti va ijodi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirib o‘tdilar. Tadbir davomida Bojxona instituti kursantlari tomonidan Zulfiyaxonim ijodiga mansub she’riy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.