“OFITSERLIK MARDLAR KASBI!” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI 

2022-03-18

Yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish Vatan himoyasi O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekanini chuqur singdirish bugungi ta’lim va tarbiya tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022 yil 17 fevral bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlarni bojxona organlariga qiziqtirishni eng avvalo maktabdan boshlash yuzasidan berilgan muhim topshiriqlar ijrosi doirasida Joriy yilning 16 mart kuni Bojxona institutida tahsil oluvchi kursantlar va o‘qituvchilar ishtirokida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 254-sonli umumta’lim maktabida uquvchi-yoshlar bilan “Ofitserlik mardlar kasbi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 


Tadbir davomida mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol, harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlab, institut kursantlari va maktab o‘quvchilari o‘rtasida samimiy munosabat shakllanib, o‘quvchilar tomonidan harbiy xizmatchi va bojxona xodimi bo‘lish yigit kishi uchun oliy sharaf ekanligi ta’kidlab o‘tildi.  
Tadbirda o‘quvchilarga institut xodimlari tomonidan o‘qotar qurollarni tuzilishi va jangovar imkoniyatlari, tankka va piyodalarga qarshi minalar xususiyatlari, saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari, qo‘l jangi, karabinchilar chiqishlari, pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish va avtomatni qismlarga ajratish va qayta yig‘ish mashg‘ulotlarini o‘quvchilarga ko‘rsatib o‘tilib, Bojxona institutining iqtidorli kursantlaridan tarkib topgan Karabinchilar guruhi va qo‘l jangi guruhi o‘zlarining chiqishlarini yig‘ilganlarga havola etdi.
     Bolalarning yosh bo‘lishlariga qaramay, Vatanni qo‘riqlash va himoya qilish naqadar mashaqqatli va sharafli ish ekanligini his etayotganliklarini ko‘zlarida aks etgan faxr va mas’uliyatda namoyon bo‘ldi.