"Zakovat" intellektual o'yinlari

2022-04-22

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi "Zakovat intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-96-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida "Zakovat" intellektual o'yinlari tashkil etildi.

Mazkur intellektual o'yinning o'zaro baxslarida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari hamda Bojxona instituti kursantlari o'zaro bellashishdi. 

Murosasiz hamda hayajonli tarzda o'tgan bellashuvda  "Do'stlik" g'alaba qozondi. 

O'yinda munosib ishtirok etgan jamoalar turli darajali diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Keyingi uchrashuv Bojxona institutida tashkil etilishi belgilandi.