BOJXONA INSTITUTIDA BILIMLAR BELLAShUVI BO‘LIB O‘TDI

2022-05-23

Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini yuksaltirish uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda investitsion jozibadorligini oshirish borasida moliya tizimi bevosita ta’sir etib,  samarali tartibga solishda asosiy zamin yaratadi. Bugungi kunda moliya iqtisodiyot tanchi bo‘lib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo‘nalishi aynan “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” deb nomlangani bejiz emas.
Bu borada milliy iqtisodiyotni yuksaltirish uchun belgilangan vazifalarni bajarish kelajak avlod - bilimli, iqtidorli hamda kasbiga kreativ yondashadigan vatanparvar kadrlarni tayyorlashni taqozo etadi.

  


Shu bois, Bojxona instituti “Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan joriy yilning 19 may kuni kafedra professori, PhD, bojxona xizmati polkovnigi M.Karimjonova tashkilotchiligi asosida “Moliya-iqtisodiyot tayanchi” mavzusida YuP-121guruh hamda BI-321 guruh kursantlari ishtirokida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi. Bilimlar bellashuvi kursantlar o‘rtasida qizg‘in va adolatli tashkillashtirilgan bo‘lib ular to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar. 
Bilimlar bellashuvi hakamlar tomonidan adolatli baholandi va natijasiga ko‘ra BI-321 guruh ishtirokchilari 90-bal hamda YuP-121 guruh ishtirokchilari 187-bal to‘plab, BI-321 guruh kursantlari hakamlar tomonidan g‘olib deb topildi.  Ishtirokchilarga Bojxona instituti boshlig‘i o‘rinbosari, bojxona xizmati podpolkovnigi U.Botirov esdalik sovg‘alarini topshirdi.