“Bojxona ishining mohiyati, tarixi va uning rivojlanish istiqbollari”
Ko‘p yillik ilmiy-amaliy tajribaga ega xodim, Bojxona instituti “Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari” kafedrasi dotsenti, bojxona xizmati podpolkovnigi Pardaev To‘lqin Nosirovich 2022 yil 6 sentabr kuni dala o‘quv yig‘inida Bojxona institutiga 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul qilingan kursantlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbati “Bojxona ishining mohiyati, tarixi va uning rivojlanish istiqbollari” mavzusida bo‘lib o‘tdi.Suhbat davomida kursantlarning bojxona yo‘nalishidagi qiziqtirgan savollariga javob berildi.Shuningdek, Bojxona institutida tahsil olishdagi shart-sharoitlar va hozirgi paytda tizimda bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda yangi qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati kursantlarga yetkazildi.