«Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuv, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar» mavzusida 
IV Respublika yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani

2022-10-03

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida joriy yilning 28 sentabr kuni o‘tkazilgan «Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuv, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar» mavzusida IV Respublika yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

 


Ushbu anjumanda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti «Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar» kafedrasi dotsenti, PhD, bojxona xizmati polkovnigi M.Karimjonova ilmiy rahbarligida Bojxona instituti 2-kurs kursantlari R.Kalandarov va S.Xoldarov tomonidan «Global miqyosda flora va fauna olami hamda inson hayotiy xavfsizligini ta’minlashda Smart Parklarning ahamiyati» mavzusida tayyorlangan innovatsion loyiha taqdimoti, maket va stendlar uchun «Hayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishidagi maket, qurilma va ishlovchi stendlar yo‘nalishi bo‘yicha» 1-o‘rinni egallashga muvofaq bo‘lindi. 

 


Loyihaning dolzarbligi shundan iboratki, bugungi kunda dunyo bo‘yicha flora va faunalarning qisqarib ketishi va ularni kelajak avlodgacha yetib kelishini ta’minlash bo‘yicha muammolarni hal etish shuningdek, ularning inson hayotiga salbiy ta’sirini oldini olishni taqozo etadi. 

 


Loyihaning maqsadi: Ushbu loyihani amalga oshirishdan maqsad dunyo miqyosida o‘simlik, hayvonot va insoniyat hayotiga xavf tug‘dirayotgan global muoammolarni o‘rganish va tahlil qilish hamda insonlar hayotiga tug‘diradigan xavflarni oldini olishda «Smart Park» larning zaruriyati hamda ahamiyatini ochib berish.

 


Loyihani bajarishdan kutilayotgan natijalar:
-insonlarda ekologik ongni shakllantirish;
-mavjud tabiiy   resurslarni tejash va kelajak avlodga yetkazish;
-ekologik muhitni asrashda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish;
- yashil iqtisodiyotni rivojlantirish;
-inson hayotiga kelajakda xavf solishi kutilayotgan muammolarni oldini olishda «Smart Park»lar yaratish orqali amaliy yordam ko‘rsatish.