Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat
2022-10-15
×
Respublikamiz bo‘ylab “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona faxriylari ishtirokida shahmat-shashka va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Tadbirda Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Otabek Choriev ishtirok etdi.