“Axborot-tahliliy faoliyat asoslari” bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti

2022-11-28

2022 yil 28 noyabr kuni Bojxona institutida Davlat boshqaruv Akademiyasi professori A.Yuldashev ishtirokida “Axborot-tahliliy faoliyat asoslari” bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashg‘uloti davomida Bojxona instituti sohaviy kafedralar rahbarlari va professor-o‘qituvchilariga hamda magistratura tinglovchilari va kursantlarga axborot-tahliliy faoliyatga oid tushunchalar, axborot-tahliliy faoliyati prinsiplari, axborotni baholash mezonlari, shu jumladan, axborot-tahliliy hujjatlarning turlari va ularning tuzilishi hamda axborot-tahliliy faoliyat uslublarini qo‘llash xususiyatlari tushuntirib o‘tildi.