HARBIY-VATANPARVAR YOSHLAR – MILLIY XAVFSIZLIK TAYANCHI

2020-01-08

HARBIY-VATANPARVAR YOSHLAR – MILLIY XAVFSIZLIK TAYANCHI

O‘ralova Zilola Voxid qizi,

Davlat bojxona qo‘mitasi

Bojxona instituti 3 bosqich kursanti

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lganidan so‘ng  suverenitetini, hududiy yahlitligi, shu bilan birga, o‘z xalqining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 1992 yil 10 yanvarda “O‘zbekiston respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki Ishlar vazirligining harbiy qismlari va o‘quv muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olish to‘g‘risida”, 14 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy muassasalar to‘g‘risida” qaror, Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirilishi to‘g‘risidagi 1992 yil 3 iyuldagi farmoni, 1993 yil 29 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni   qabul qilindi. Qonun va qarorlar asosida har tomonlama etuk, mard, shijoatli,  qalbida Vatan tuyg‘usi jo‘sh urib turuvchi o‘g‘lonlardan tashkil topgan Qurolli Kuchlari tarkibi tuzildi.

Uzoq yillik tarixga ega yurtimiz sarhadlarini yovdan saqlash, ona Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash hamda uning shuhratini butun dunyoga tarannum etish Vatan taraqqiyotiga o‘zini mas’ul deb bilgan har bir o‘zbekning burchi hisoblanadi. Avvalo, milliy armiyamizni ham ma’nan ham jismonan rivojlantirish, harbiy xizmat har bir fuqaro uchun muqaddas burch ekanligini hamda yurt tinchligi yo‘lida fidoyi bo‘lish bizga buyuk ajdodlarimizdan meros ekaligini yoshlarga singdirish har qachongidanda muhimdir.

Hozirgi globallashuv davrida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashdir. Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida vatanparvar yoshlar kamol topmoqda. Zero, ana shunday o‘z baxtini o‘zgalar osoyishtaligidan topgan mard harbiylar, Vatan qalqonlari bor ekan mustaqilligimizga hech kim dahl qila olmaydi. Quyida keltirilgan misralarimni mardlik bayrami uchun tabrik sifatida qabul qiling.

Yovqur akalarim dilda shu tilak – 

Yo‘lingiz bexatar, yo‘llar oq bo‘lsin.

Sevganingiz buyuk Ona Vatan-u,

Mehr berganingiz shu tuproq bo‘lsin!