“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim jihatlari” 

2020-01-15

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-5529-son farmoyishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi” doirasida yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, ularda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish maqsadida joriy yilning 10 yanvar kuni soat Bojxona institutida “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati oʻtkazildi.

                                               

                                               

         Ilmiy-amaliy davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

         Ushbu davra suhbatida professor-oʻqituvchilar va ilm-fan fidoiylari tomonidan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi va vazifalari”, “Barkamol avlod – porloq kelajak va taraqqiyot garovi”, “Yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishning tarixiy-huquqiy asoslari”, “Vatanparvarlikni rivojlantirishda maʼnaviyatni oʻrni”, “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati” mavzularida maʼruzalar oʻqishdi.

                                                 

                                                 

            Bugungi oʻtkazilgan davra suhbati, yuksak bilim va intellektual salohiyatga ega, Vataniga sadoqatli, xizmat burchini sidqidildan va vijdonan bajarishga hamisha tayyor, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashga qodir boʻlgan, turli tahdidlarga qarshi mafkuraviy immuniteti, Vatanparvarlik fazilatlari shakllangan bojxona xodimlarini tayyorlashga xizmat qiladi!