VATANNI UNGA BOʻLGAN MUHABBAT OBOD ETADI

2020-01-15

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga bagʻishlangan vatanparvarlik oyligini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Davlat bojxona qoʻmitasining 2019 yil 20 dekabrdagi P-04-1/3-067-son va Bojxona institutining 2019 yil 18 dekabrdagi 5998ix-son chora-tadbirlar rejalarining tegishli bandlari ijrosini taʼminlash hamda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida harbiy-vatanparvarlikni targʻib etish, ularni Vatanga muhabbat ruxida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish belgilangan.

                                   

                                   

                                   

         Shu munosabat bilan joriy yilning 11 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “VATANNI UNGA BOʻLGAN MUHABBAT OBOD ETADI” mavzusida harbiy vatanparvarlik targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Bojxona institutining iqtidorli kursantlaridan tarkib topgan Karabinchilar guruhi va qoʻl jangi guruhi oʻzlarining chiqishlarini yigʻilganlarga havola etdi.