Bojxona instituti kursantlari ham saylovda faol ishtirok etishmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz hayotidagi gʻoyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea hisoblanadi. Chunki, bu davlat rahbari - Prezidentni saylash bilan bogʻliq oʻta masʼuliyatli jarayondir. Zero, mamlakatimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topishi davlat rahbari lavozimiga eng munosib nomzodni saylash hamda bu jarayonda saylovchilar qabul qiladigan qarorga bogʻliqdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni demokratik tarzda ochiq va oshkora oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bugun boʻlib oʻtayotgan Prezident saylovi milliy saylov amaliyoti va xalqaro saylov meʼyorlariga mos ravishda qabul qilingan saylov qonunchiligi asosida oʻtkazilmoqda.
Ayni damda Bojxona institutida ovoz berish jarayoni qizgʻin kechmoqda. Kursantlar saylovda faol ishtirok etishmoqda.