Hurmatli nomzodlar va ota-onalar!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalari hamda аmaldagi normativ-hujjatlarda nazarda tutilgan imtiyozlarni inobatga olgan holda, belgilangan qabul kvotasi doirasida 2023/2024 o‘quv yili uchun Bojxona instituti bakalavriatiga o‘tish ballari aniqlandi.
I. Test sinovlari natijalari bo‘yicha o‘tish ballari:
Ta’lim yo‘nalishi | O‘tish bali |
“Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash)” (o‘zbek guruhiga) | 174,4 |
“Bojxona ishi” (o‘zbek guruhlariga) | 152,3 |
“Bojxona ishi” (rus guruhiga) | 122,6 |
II. Qabul kvotasi doirasida vazirlik va idoralarga ajratilgan imtiyozli kvota o‘rinlariga o‘tish ballari:
№ | Normativ-hujjat nomi / vazirlik va idora | O’tish bali |
I. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xodimlari hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3726-son Qarorining 3-bandi | ||
1 | Mudofaa vazirligi | 137,9 |
2 | Favqulodda vaziyatlar vazirligi | 153,1 |
3 | Davlat xavfsizlik xizmati | 76,0 |
4 | Milliy gvardiya | 90,7 |
II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi 3665-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom”ning 1204-bandi | ||
1 | Bojxona qoʻmitasi | 13* |
III. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4212-son Qarorining 3-bandi | ||
1 | Ichki ishlar vazirligi | 13* |
*Maxsus kasbiy tanlov natijasi.
Bojxona qo‘mitasining hududiy bojxona boshqarmalarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimlari tomonidan oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlarni Bojxona institutiga yetib kelish vaqti haqida xabar beriladi.