BOJXONA QOʻMITASINING BOJXONA INSTITUTI QUYIDAGI TARTIBDA OLIY TAʼLIMDAN KEYINGI TAʼLIMGA
QABUL EʼLON QILADI
Bojxona institutida tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka nomzodlarni qabul qilishda bojxona organlari xizmati faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqot mavzulariga ustuvorlik beriladi.
I. TAYANCH DOKTORANTURAGA
Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti oliy taʼlimdan keyingi taʼlimiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga nomzodlar (shahodatlangan davlat bojxona xizmati organlari tarkibidan) quyidagi talablarga javob berishi lozim:
• magistr darajasiga yoxud oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
• falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar.
Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar, tanlagan ilmiy ixtisosligini koʻrsatib, Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti boshligʻi nomiga oʻzlari xizmat qilayotgan hududiy boshqarma (boʻlim) yoʻllanma xatiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladilar:
• bildirgi;
• xizmat faoliyati boʻyicha maʼlumotnoma (obyektivka);
• magistr (unga tenglashtirilgan) yoki mutaxassislik dasturlari boʻyicha olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
• nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (talabgorlarda tanlangan dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida 1 ta ilmiy maqola va
2 ta tezis boʻlishi hamda ilmiy ishlar roʻyxati).
• ixtiro uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari (agar mavjud boʻlsa).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Talabgorlar xorijiy tillarni bilish darajasi IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan) yoki CEFR (B2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi milliy yoki xalqaro malaka sertifikatini taqdim etishlari lozim.
Kirish imtihonlari 2023-yilning 1-noyabr kunidan 25-noyabr kuniga qadar oʻtkaziladi.
Tayanch doktoranturaga (qabul kvotasi 2 ta) – iqtisodiy fanlar boʻyicha (1-2 ta) va texnika fanlari boʻyicha (0-1 ta).
08.00.00 – iqtisodiy fanlar (08.00.07; 08.00.08; 08.00.13) hamda 05.00.00 – texnika fanlari (05.01.02) ixtisosliklari roʻyxatini www.oak.uz sayti orqali bilishingiz mumkin.
Hujjatlar 2023-yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
II. MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA
Institutda talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini qabul qilish yil davomida amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza (bildirgi) bilan Institutga murojaat qiladi:
• qisqacha biografik maʼlumotnoma yoki tarjimayi hol;
• falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistr (unga tenglashtirilgan) yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
yoki xizmat faoliyati boʻyicha maʼlumotnoma (obyektivka);
• ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi (PhD tadqiqoti uchun talabgorlarda tanlangan dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis boʻlishi hamda ilmiy ishlar ruyxati);
• ish (xizmat) joyidan tavsifnoma.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar mavjud boʻlsa, taqdim qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
• muayyan ilmiy yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (ixtiro uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari).
Talabgorlar xorijiy tillarni bilish darajasi IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan) yoki CEFR (B2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi milliy yoki xalqaro malaka sertifikatini taqdim etishlari lozim.
Bojxona instituti salohiyatidan kelib chiqib mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarga (iqtisodiyot va texnika ixtisoslik fanlari boʻyicha) nizomda belgilangan tartibda mutaxassislar ilmiy rahbar sifatida belgilanishi mumkin.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha boʻlgan muddatda ixtisoslik boʻyicha suhbat natijalari va Qabul komissiyasining tegishli xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan oʻtkazilgan suhbat natijalari Kengash qarorlari bilan tasdiqlanadi. Shu bilan birga, Kengash qarorida mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari tasdiqlanadi.
Eslatma: Bojxona qoʻmitasining 2022-yil 11-avgustdagi 191-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom”da qoʻshimcha maʼlumotlar olishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: 42-32 ichki.
Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona instituti manzili: 100071, Toshkent shahri, Qozirobod 2-tor koʻchasi 118. tel.: (+99871) 202-99-90 faks: (+99871) 227-46-56
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik
kadrlarni tayyorlash boʻlimi