Bojxona instituti kursantlari Qurolli Kuchlar tizimida tashkil etilgan MINI FUTBOL musobaqasida sovrinli oʻrinni qoʻlga kiritdi


2020-01-15

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, harbiy xizmatchilar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida joriy yilning 11 yanvar kuni sportning mini futbol turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

         Unda, Toshkent shahridagi Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Milliy kinologiya markazi, Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan 22418-sonli harbiy qism, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan 81140-sonli harbiy qismi, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan 99302-sonli harbiy qism xodim va kursantlaridan tarkib topgan jamoalar oʻzaro bellashishdi.

                                           

             Mazkur musobaqa natijalariga koʻra Bojxona instituti kursantlaridan tarkib topgan jamoa faxrli IKKINChI OʻRINNI qoʻlga kiritdi. Musobaqa yakunida sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining kubok, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.