Detektiv asarlar muallifi Komil Sindorov asarlari taqdimoti boʻlib oʻtdi

2020-01-23

         Joriy yilning 21 yanvar sanasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yuridik fanlari doktori, taniqli adib Komil Sindorovning soʻngi yillarda nashr etilgan detektiv asarlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

         Soʻngi yillarda jamiyat hayotida xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy- intellektual salohiyati, ongu- tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatanga va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashashdagi barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitoblarni nashr etish, kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

         Mazkur tadbir ham yurtimizda tobora keng quloch yozayotgan beshta muhim tashabbus doirasida boʻlib, unda yozuvchi Komil Sindorovning soʻngi yillarda nashr etilgan “Qimmatga tushgan xato”, “Temuriylar kutubxonasining siri”, “Kechikkan qasos”, “Amirlikning oltin taxti izidan”, “Tungi qotillik” kabi asarlari taqdimoti tashkil etildi.

         Tadbirda soʻz olgan adiblar va kitobxonlar adib asarlaridagi voqeliklarning hayotiyligi, obrazlarning adolat tantanavorligi, toʻgʻrilik, fidoiylik kabi axloqiy mezonlar asosida badi​iylashtirilishi har qanday kitobxonning oʻziga mahliyo etishini taʼkidlab oʻtdi.