Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy mangu barhayot.


2020-02-06

Buyuk bobokalonimiz Аlisher Navoiy mangu barhayot.

         Buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas shoir va davlat arbobi hazrat Аlisher Navoiyning tavalludning 579 yilligi munosabati bilan Bojxona institutida “Buyuk bobokalonimiz Аlisher Navoiy mangu barhayot” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

         Ushbu tadbirda soʻz olgan navoiyshunos olimlar tomonidan Аlisher Navoiy isteʼdodining ulugʻvorligi, xalqparvar davlat arbobi sifatida yaratib qoldirgan asarlaridagi insonparvarlik gʻoyalarining ustuvorligi, xalqchil gʻoyalari bilan jamiyat axloqiy qiyofasini aks ettirishi hamda bugun Аlisher Navoiy asarlarini yosh avlodga yetkazish, shu gʻoyalar asosida maʼnaviy yetuk avlodni tarbiyalash uchun keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidlab oʻtdilar.

         Tadbir davomida Institut kursantlari tomonidan Navoiy gʻazallari bahru- bayti hamda Oʻzbekiston xalq artisti Munojat Yoʻlchieva tomonidan kuy qoʻshiqlar taqdim etildi.