Bojxona institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuni nishonlandi.

 

2020-02-25

Buyuk davlat arbobi va sarkarda, adib va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan Bojxona institutida “Bobur qalamida Vatan talqini” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

         Tadbirda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofotining sovrindori Muhammadali Abduqunduzov, tarixshunos olim Polvonov Neʼmat Toʻrayevich hamda sanʼatkorlar ishtirok etdi.

         Tadbirda soʻz olganlar Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda Temuriy sulolasining yirik vakili va Boburiylar sulolasi asoschisi hisoblanib, u adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida, yetuk ustozlar rahbarligida egallaganligi, taqdirning silsilasi bilan 12 yoshida taxtni boshqarish yoshligidan zimmasiga tushgani, harbiy yurishlari hamda ijodi toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirdilar.

         Tadbir davomida Institut kursantlari tomonidan Bobur gʻazallari bahru-bayti hamda Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyi xonandalari tomonidan kuy-qoʻshiqlar taqdim etildi.