Bojxona instituti kursantlari tomonidan koʻchat ekish aksiyasi boʻlib oʻtdi.

2020-03-16

Bugun jonajon yurtimizga bahor oʻz tarovatini namoyon etib kirib keldi.

Shu kunlarda har bir kishining qalbida bunyodkorlik, yaratuvchanlik joʻsh urdi. Ayniqsa, Navroʻz umumxalq bayrami arafasidagi umumxalq hasharlarida turli daraxt oʻtqazish yaxshi anʼanaga aylangan.

Bugungi kunda ekologik muammolar sababli turli kasalliklar koʻpayayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa katta shaharlarimizda ekologik muhitni barqarorlashtirishning yeng asosiy yechimi bu koʻplab bogʻlar, daraxtzorlarni barpo etish hisoblanadi.

Bojxona instituti kursantlari tashabbusi bilan joriy yilning 10 mart kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida koʻchat ekish aksiyasi tadbiri tashkil etildi.


 

Mazkur aksiya, kursantlarni ijtimoiy faolligini oshirish, yurtimizning ekologik muhitini barqarorlashtirishga daxldorlik tuygʻusini mustahkamlab, jamoat vakillari hamda yoshlarga oʻrnak boʻlishiga muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Qolaversa, yaqin orada biz ekkan daraxtlar koʻkka boʻy choʻzib, yurtimiz goʻzalligi va sof havosini taʼminlashga xizmat qiladigan bogʻ boʻlib shakllanadi.