MENI OʻZGARTIRGAN KITOB

2020-03-16

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbusining toʻrtinchi tashabbusi “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish” yoʻnalishi boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik mutolaasini keng targʻib etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 13 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi Komil Sindorov bilan ijodiy kecha tashkil etildi.

Mazkur tadbirda yozuvchi Komil Sindorovning ijodiy faoliyati, asarlarida koʻtarilgan gʻoyalar hamda yozuvchining ijodga kirib kelishida asos boʻlgan kitoblar, oʻz taqdirida tub burilishga sabab boʻlgan asarlar toʻgʻrisida fikrlar bildirdi.

Tadbir davomida kursantlar tomonidan yozuvchining asarlari boʻyicha fikr mulohazalar bildirildi.

Ushbu ijodiy uchrashuv “Madaniyat va maʼrifat” telekanali orqali “Meni oʻzgartirgan kitob” telekoʻrsatuvida yoritiladi.