O‘quv – uslubiy bo‘lim.


2023-04-18

O‘quv-uslubiy bo‘lim - o‘quv jarayonini tashkil etish va nazoratini olib boruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning oliy ta’lim tizimi va bojxona organlari faoliyati bilan bog‘liq qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari hamda Institut Ustavi, bo‘lim Nizomi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Institutning boshqa ichki idoraviy hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, o‘quv jarayoniga oid asosiy hujjatlar bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan yutuqlarini umumlashtirish va bojxona organlari faoliyati yo‘nalishlari doirasida nazariya va amaliyot uyg‘unligini o‘quv jarayoniga qo‘llash vakolatlariga ega.
O‘quv-uslubiy bo‘lim kursant va tinglovchilarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga va amaliyot (stajirovka) tashkil etishga katta e’tibor beradi.

O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
 mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik, iqtisodiy va huquqiy islohotlarning, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablariga hamda zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan malakali kadrlar tayyorlashda yuqori ta’lim sifatini ta’minlash, oʻquv jarayonini ilg‘or va  innovatsion usullar asosida tashkil qilish;
oʻquv jarayonining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish va yangilab borish orqali uning tashkiliy masalalarini hal etish;
taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari malaka talablari, oʻquv rejalari
va oʻquv dasturlarini umum eʼtirof etilgan milliy va xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilishi, oʻquv jarayonini bojxona va huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashni inobatga olgan holda tashkil etish;
Institutda tayyorlanayotgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining malaka talablarini, oʻquv reja va ishchi oʻquv rejalarini takomillashtirib borish hamda ular asosida oʻqitiladigan fanlar boʻyicha oʻquv yuklamalarini kafedralar kesimida umumlashtirish va bajarilishini nazorat qilish;
ishchi oʻquv rejalarining semestrlar va oʻquv yili davomida bajarilishini tahlil etib borish;
kursantlarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy mashgʻulotlarni yanada optimallashtirish, DBQ tomonidan belgilangan ehtiyojdan kelib chiqib, kursantlarda tahliliy fikrlash va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga, fundamental bazaviy, shuningdek, amaliy kasbiy tayyorgarligini taʼminlashga qaratilgan oʻquv rejalar asosida, kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlari hamda oʻquv-uslubiy materiallari ishlab chiqilishi va ular asosida dars mashg‘ulotlari o‘tilishini nazorat qilish;
kursant va tinglovchilar bilimini baholash jarayonini samarali tashkil etgan holda korrupsiya holatlarini oldini olishga ko‘maklashish;
oʻquv jarayonini yuqori saviyada tashkil etilishini taʼminlovchi 
axborot-pedagogik texnologiya va usullarni keng joriy qilib borish va ilgʻor tajribalarni ommalashtirish;
kafedralar tomonidan oʻqitiladigan fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy taʼminotning holatini oʻrganib borish hamda belgilangan muddatlarda ularning muhokamasini tayyorlash;
Institutning oʻquv, oʻquv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
DBQ tizimida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi mutaxassislar va oliy taʼlim muassalarining ilmiy pedagogik xodimlarini Institutda soatbay dars mashgʻulotlari oʻtkazishga jalb etish ishlarida koʻmaklashish;
professor-oʻqituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalaridagi oʻquv, oʻquv-uslubiy yoʻnalishlar boʻyicha rejalashtirgan ishlari bajarilishini nazorat qilish;
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha dars jadvallarini ishlab chiqish va shu asosda oʻquv jarayonini olib borilishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlari va ichki idoraviy hujjatlarga muvofiq Institut kursantlari va tinglovchilari bilimini nazorat qilish va baholash, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish ishlariga ko‘maklashish;
kafedralar tomonidan oʻquv reja va dasturlarini bojxona sohasidagi rivojlangan xorijiy mamlakatlar va tayanch oliy taʼlim muassasalari taʼlim dasturlari bilan muntazam ravishda qiyosiy tahlil qilinishini muvofiqlashtirish;
oʻquv jarayonini ilmiy-metodik taʼminlash ishlarini bajarilishini nazorat qilish;
yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Institutda oʻqitiladigan fanlarning uslubiy taʼminotini samarali tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etish;
fakultet va kafedralarning oʻquv, oʻquv-uslubiy yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishini sifat darajasini aniqlash maqsadida dars mashgʻulotlarida ishtirok etish hamda dars sifatini tahlil va nazorat qilish, tahlil natijalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash yuzasidan Institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
oʻquv jarayonini takomillashtirish va yuqori ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida kursant va tinglovchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish;
professor-o‘qituvchilarning o‘quv jarayoniga oid normativ-huquqiy hamda ichki idoraviy hujjatlar talablarini bilish darajasini aniqlash maqsadida sinovlar qabul qilish;
oʻquv, oʻquv-uslubiy yoʻnalishga doir hisobotlar tayyorlash va Institut rahbariyatiga taqdim etib borish. 
Boʻlim amaldagi qonunchilik va ichki idoraviy hujjatlarda belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

 O‘quv-uslubiy bo‘limda boshliq, bosh inspektor, katta inspektor va ish yurituvchi faoliyat olib boradi.