Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayorlash boʻlimi


2022-08-25

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayorlash boʻlimi  Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona institutining (tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, institutning ilmiy-tadqiqot, ilmil-pedagogik kadrlarni tayorlash ishlarini muvofiqlashtiradi.  Boʻlim oʻz faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hamda Bojxona instituti boshlig‘ining bo‘yruq va farmoyishlariga, Intizomiy Ustav hamda ushbu Nizomga amal qiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, Institut Ustavi, mazkur Nizom hamda Davlat bojxona qoʻmitasi  va Institutning boshqa ichki idoraviy hujjatlari asosida tashkil etadi va olib boradi.
Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hukumat qarorlari, farmonlari va DBQning me’yoriy hujjatlariga muvofiq falsafa fanlari doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalar olish istagini bildirgan xodimlarga qulay shart-sharoit yaratish, amaliy ko‘maklashish va bajarayotgan ishlari nazoratini olib borish;
dissertatsiya muhokamalari (professor-o‘qituvchilar, magistr, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) jarayonida, Ixtisoslashgan kengash ishida, shu jumladan, ilmiy seminarlarda  ishtirok etish;
kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy va boshqa ilmiy tadqiqotlar kesimida) ishtiroki, ilmiy ishlarning amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganish;
kafedralarda o‘quv yili davomida har bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan ilmiy-tadqiqot ishlar hajmini o‘rganish va muvofiqlashtirish;
institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan bojxona amaliyoti hamda ilmiy nashrlarni doimiy ravishda o‘rganib borish, sohaga doir yangiliklarni tahlil qilish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha tayyorlanadigan tahliliy ma’lumotnomalar jadvalini ishlab chiqish, nazorat qilish va hisobotini yuritish;
bojxona sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda institut professor-o‘qituvchilarini bojxona sohasidagi turli grantlarga ishtirok etishida amaliy ko‘maklashish;
institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchilar tomonidan nufuzli jurnallarida, xalqaro va respublika konferensiya to‘plamlarida ilmiy maqola va tezislar chop etishlishi, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarini reja bo‘yicha bajarilishini o‘rganib borish;
ilmiy-tadqiqotlar, dissertatsiyalar, o‘quv qo‘llanmalar yozish bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar (magistr, doktorant, mustaqil izlanuvchi)ning ilmiy ishlari rejasining bajarilishini nazorat qilish va Institut Kengashi yig‘ilishlarida muhokama qilib borish uchun taqdim etish;

kafedralar tomonidan fan sohasiga oid xalqaro va respublika doirasida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarning (seminar, anjuman, konferensiya, simpozium, master-klass, davra suhbatlari va h.k.) tashkil etilishida amaliy yordam ko‘rsatish;  
 Institutning ilmiy salohiyati va rivojlanishini tavsiflaydigan barcha zarur ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
institutning ilmiy-tadqiqot va ilmil-pedagogik kadrlarni tayorlash ish rejalarini tayyorlaydi, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarish chora-tadbirlarini ko‘radi;
ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayorlash ishlarini tahlil qiladi hamda uni takomillashtirish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar ishlab chiqadi;
Magistr, doktorant, mustaqil izlanuvchilarni dissertatsiya ishini bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; 
Boʻlim amaldagi qonunchilik va ichki idoraviy hujjatlarda belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.