DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING BOJXONA INSTITUTI  QUYIDAGI TARTIBDA OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIMGA 
QABUL E’LON QILADI 


2022-09-05

Bojxona institutida tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka nomzodlarni qabul qilishda bojxona organlari xizmati faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqot mavzulariga ustuvorlik beriladi. 

I. TAYANCh DOKTORANTURAGA

Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti oliy ta’limdan keyingi ta’limiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga nomzodlar (shahodatlangan Davlat bojxona xizmati organlari tarkibidan) quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-    magistr darajasiga yoxud oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
-    falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar, tanlagan ilmiy ixtisosligini ko‘rsatib, Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti boshlig‘i nomiga o‘zlari xizmat qilayotgan hududiy boshqarma (bo‘lim) yo‘llanma xatiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladilar:
-    bildirgi;
-    xizmat faoliyati bo‘yicha ma’lumotnoma (ob’ektivka);
-    magistr (unga tenglashtirilgan) yoki mutaxassislik dasturlari bo‘yicha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
-    nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (talabgorlarda tanlangan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida 1 ta ilmiy maqola va 
2 ta tezis bo‘lishi hamda ilmiy ishlar ro‘yxati). 
-    ixtiro uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari (agar mavjud bo‘lsa).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR 
(V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Kirish imtihonlari 2022 yilning 1 noyabr kunidan 25 noyabr kuniga qadar o‘tkaziladi.
Tayanch doktoranturaga (qabul kvotasi 3 ta) – iqtisodiy fanlar bo‘yicha (2 ta) va texnika fanlari bo‘yicha (1 ta).
08.00.07; 08.00.13 – iqtisodiy fanlar hamda 02.00.09; 05.01.02 – texnika fanlari ixtisosliklari  ro‘yxatini www.oak.uz sayti orqali bilishingiz mumkin.
Hujjatlar 2022 yilning 15 sentabridan 15 oktabriga qadar qabul qilinadi.
II. MUSTAQIL IZLANUVChILIKKA

Institutda talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini qabul qilish yil davomida amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza (bildirgi) bilan Institutga murojaat qiladi:
-    qisqacha biografik ma’lumotnoma yoki tarjimai hol;
-    falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistr (unga tenglashtirilgan) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
-    mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi 
yoki xizmat faoliyati bo‘yicha ma’lumotnoma (ob’ektivka);
-    ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi (PhD tadqiqoti uchun talabgorlarda tanlangan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis bo‘lishi hamda ilmiy ishlar ruyxati);
-    ish (xizmat) joyidan tavsifnoma.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lsa, taqdim qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
-    muayyan ilmiy yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (ixtiro uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari).
Bojxona instituti salohiyatidan kelib chiqib mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarga (iqtisodiyot va texnika ixtisoslik fanlari bo‘yicha) nizomda belgilangan tartibda mutaxassislar ilmiy rahbar sifatida belgilanishi mumkin.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va 
Qabul komissiyasining tegishli xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari Kengash qarorlari bilan tasdiqlanadi. Shu bilan birga, Kengash qarorida mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari tasdiqlanadi.

Eslatma: Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 11 avgustdagi 191-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom”da qo‘shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: 42-32 ichki.
Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti manzili: 100071, Toshkent shahri, Qozirobod 2-tor ko‘chasi 118. tel.:  (+99871) 202-99-90 faks: (+99871) 227-46-56 

Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi BUYRUG‘

 

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik
 kadrlarni tayyorlash bo‘limi